«Manchester Siti» futbolchisi sarguzasht izlab Angliyadan tashqariga yo'l olmoqchi

«Manchester Siti» klubi futbolchisi Bernardo Silva «Arsenal»dan bo'layotgan taklifni rad etdi. Manbaning xabar berishicha, futbolchi Angliyaning tashqarisida yangi sarguzashtlar izlashga harakat qiladi. U «Barselona» futbolchisiga aylanish niyatida.
Silva so'nggi to'rt mavsum davomida «shaharliklar»ni asosiy futbolchisi sifatida harakat qilib keldi. U 2017 yilda «Monako»dan Pep Gvardiola jamoasiga kelib qo'shilgan edi. 27 yoshli futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: futaa.com