"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Emerik Lyaport tez orada "Al-Nasr" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Mail Sport nashri xabariga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bugun Saudiya Arabistoni klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va keyin esa shartnoma imzolaydi.

Lyaportning transferi "An-Nasr"ga 25 million evroga tushishi kutilmoqda. Emerik "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning rejalariga kiritilmagan. Futbolchi o'tgan mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini boy berdi.

"Manchester Siti"dagi faoliyati davomida Lyaport 5 marta Angliya Premer-ligasida g'olib chiqqan. O'tgan mavsumda Emerik jamoa bilan Chempionlar ligasida ham g'olib chiqqandi.