"Manchester Siti" darvozaboni yozda yangi klubga yo'l oladi

"Manchester Siti" darvozaboni yangi jamoaga yo'l oladi. Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar"ning "Portsmunt"da ijara asosida harakat qilayotgan kiperi Gevin Bazunu katta klublar nishoniga tushgan.
Unga nomi ma'lum qilinmagan A seriya hamda Bundesliga jamoasi qiziqish bildirmoqda. 20 yoshli Irlandiya terma jamoasi a'zosi bu mavsumda quyi ligada yaxshi harakat qilmoqda. Bazunu hisobida hozirga qadar 16 ta quruq o'yin mavjud.
Manba: caughtoffside.com