"Manchester Siti" bu futbolchi uchun 60 million funtdan voz kechishga tayyor

"Manchester Siti" yozda yarim himoya chizig'ini kuchaytirib olmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "Lids" futbolchisi Kalvin Fillips "shaharliklar" radarida turibdi.
Amaldagi chempionlar Angliya terma jamoasi a'zosi uchun 60 million funt taklif etishni reja qilgan. Fillips uchun "MYu" hamda "Liverpul" ham qiziqish bildirgan edi.
Manba: caughtoffside.com