"Manchester Siti" "Aston Villa" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

"Manchester Siti" "Aston Villa"ning chap qanot himoyachisi Aleks Morenoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Footmercato nashri.
Birmingemliklar qishda 29 yoshli futbolchini "Vilyarreal"dan 15 million evroga sotib olishgandi.
Premer-liga mavsumining ikkinchi yarmida ispaniyalik futbolchi 16 uchrashuvda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Shaharliklar"dan tashqari "Chelsi" ham Morenoga da'vo qilishi mumkin.