"Manchester Siti" yozgi transferlar oynasida ikki futbolchi transferi uchun 200 millon evroga yaqin pul sarflamoqchi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.

"Shaharliklar" "Borussiya Dortmund"dan Erling Xolandni olib kelish niyatida. Shuningdek, "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish ham Manchester klubining rejalaridan joy olgan.

Gvardiola tarkibni yoshartirish niyatida ushbu transferlarni klub rahbariyatidan so'ramoqda

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" yozda jamoani tark etishi aniq bo'lib ulgurgan Aguero va yana bir qator futbolchilarga o'rinbosar qidirmoqda.