"Manchester Siti" Argentinaning "Estudiantes" klubi yarim himoyachisi Dario Sarmento bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi.

18 yoshli futbolchi APL etakchisi uchun 6 million dollarga tushdi. Shuningdek, yana 12 million evro bonuslar ham ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, "Estudiantes" futbolchining keyingi transferidan 20 foiz miqdorida ulush oladi.

Dario Sarmento "Siti" safida 1 iyul kuni qo'shiladi.

Manba: soccernews.ru