"Manchester Siti" 14 yoshli yarim himoyachini katta pulga sotib oldi

"Manchester Siti" yosh futbolchi xarid qildi. Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar" "Lester Siti" akademiyasidan 14 yoshli Tayrisi Nubisseni sotib olgan. Yosh yarim himoyachining transferidan "tulkilar" 1 million funt foyda ko'rgani aytilmoqda.
Frantsuz iqtidoriga "Arsenal", "Chelsi" va "MYu" ham qiziqish bildirgan edi. Nubisse, endilikda "Manchester Siti"ning 16 yoshgacha bo'lgan jamoasiga qo'shiladi.
Manba: bbc.com