Manba: "PSJ" Hakimi transferi bo'yicha "Inter" bilan kelishuvga erishdi

"PSJ" "Inter" bilan himoyachi Ashraf Hakimini transfer qilishga kelishib oldi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira. Manbaga ko'ra, parijliklar futbolchi uchun 70 million evro to'laydi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan, unga ko'ra marokashlik futbolchi yiliga 8 million evro va 2 millionni esa bonus sifatida oladi.