"Nyukasl Yunayted" hujumchi xarid qildi. Xabarlarga ko'ra, Eddi Xau jamoasi "Lester Siti"dan Xarvi Barns transferini yakunlagan. Bu haqida AP (Accociated Press) agentligi xabar tarqatdi.

25 yoshli vinger "Nyukasl"da 5 yillik bitimga imzo chekkan. "Lester" ushbu sotuvdan 38 million funt, ya'ni 49 million dollar foyda ko'radigan bo'ldi. Barns, endilida yangi jamoasida EChLda harakat qilishi mumkin bo'ladi.

Manba: newsnow.co.uk