Manba: "Nunes 100 foiz APLga yo'l oladi"

"Benfika" hujumchisi Darvin Nunes bu yozda o'z jamoasini o'zgartiradi. Manbaning bergan xabariga ko'ra, Urugvay terma jamoasi a'zosi "100 foiz APL jamoalaridan biriga yo'l oladi".
Nunes bu mavsumda 26 ta gol urishga erishgan. U shuningdek, EChL doirasidagi bahslarda 6 ta golga mualliflik qilgan. Unga eng asosiy da'vogar sifatida "MYu" qaralmoqda.
Manba: teamtalk.com