Manba: "Martines "Barselona"ga o'tadi"

"Atletik Bilbao" himoyachisi Inigo Martines faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 31 yoshli ispaniyalik futbolchining Kataloniya klubiga o'tishi faqat vaqt masalasidir. Martinesning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi ikki yilga mo'ljallanadi.
Joriy mavsumda himoyachi hozirgi jamoasi safida 16 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Avvalroq Martines "Real Sosedad"da ham o'ynagan.
Ispaniya chempionatining 28-turidan so'ng “Barselona” o'zining eng yaqin ta'qibchisi "Real"dan 13 ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.