Manba: Lukaku transferi shu hafta yakunlanadi

"Inter" va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku "Chelsi"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqida insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Romelu Lukakuning "Chelsi"ga 115 million evrolik transferi shu haftada yakunlanadi va e'lon qilinadi.
"Aristokratlar" transfer tafsilotlarini yakunlamoqda, keyin esa hujumchi tibbiy ko'rikdan o'tadi.