«MYu» futbolchisi Lingard boshqa klubga yo'l oladi. Insayd ma'lumotlarga ko'ra, hujumkor futbolchi uchun «Vest Xem» yana da'vo qila boshlagan. Ma'lumotda shunday deyiladi:

«Jessi Lingardning o'zi ham «Vest Xem»ga qaytish uchun tirishmoqda. Chunki u Londondagi futbolchilar hamda murabbiylar shtabini, qolaversa, jamoaviy muhitni yaxshi biladi».

Lingard o'tgan mavsumning ikkinchi qismini «bolg'achilar» bilan o'tkazgan edi.

Manba: caughtoffside.com