Manba: «Barsa» va «Atletiko» Suaresning transferi borasida kelishuvga erishishdi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares «Atletiko» a'zosiga aylanadi, deya xabar tarqatdi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, klublar vakillari kecha o'zaro uchrashib, kelishuvga erishishdi. Yaqin kunlarda urugvaylik futbolchi "matraschilar" safiga ko'chib o'tadi.
Avvalroq "ko'k-anorranglilar" prezidenti Jozep Bartomeu futbolchini «Atletiko»ga bepul qo'yib yuborishni istamayotgani haqida xabar tarqatilgan edi.