"Luton Taun" APLga qaytish oldidan tarkibini kuchaytirmoqda. Klub "MYu"ning sobiq hujumchisiga ko'z tikkan

"Luton Taun" yozda yangi hujumchi xarid qiladi. Xabarlaga ko'ra, APL klubi "Birmingem Siti" vingeri Taxit Chong uchun kurashga kiradi. 21 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "MYu"dan xarid qilingan edi.
U bir mavsumda "Birmingem"ga katta foyda keltira oldi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Chong 41 ta o'yinda 4 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan.