Lukaku «Yuventus»da qancha maosh oladi?

“Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini “Yuventus”ga o'tishga yaqin.
Goal.com nashrining xabariga ko'ra, turinliklar 26 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan. “Keksa sinoralar” futbolchi uchun yiliga 9 million evro maosh to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” Lukaku o'rniga Paulo Dibalani so'ramoqda. Ammo argentinalik futbolchi jamoadan ketmoqchi emas. Dibala “MYu”da yiliga 10 million evro maosh olishni xohlamoqda.