Lukaku "Inter" rahbariyatiga murojaat qildi

"Inter" klubi hujumchisi Romelu Lukaku "Chelsi" klubiga o'tishni xohlamoqda.
"Sky Sports nashrining ma'lum qilishicha, belgiyalik forvard "neradzuri" rahbariyatidan "Chelsi"ning taklifini qabul qilishni so'radi. Agar, Italiya klubi futbolchini sotsa, 110-120 million evro atrofida pul ishlab olishi mumkin. Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchi 2011-2014 yillar oralig'ida "aristokratlar" safida harakat qilgan.