Lovren Italiya klubiga o'tishi mumkin

“Liverpul” himoyachisi Deyan Lovren yozda Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
29 yoshli futbolchining xizmatiga “Roma”, “Napoli”, “Milan” klublari qiziqmoqda. Xorvatiyalik futbolchi 29 mln evroga baholanmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Lovren joriy mavsum 9 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi.