"Koventri Siti" futbolchisiga xaridorlar ko'p. Xabarlarga ko'ra, Chempionship hujumchisi Viktor Dyokeresh uchun "Sporting" qiziqib qolgan.

25 yoshli futbolchi Shvetsiya terma jamoasi a'zosi sanaladi. U ayni damda 25 million evroga baholanmoqda. Dyokereshga "Brentford", "Vest Xem" va "Fulxem" ham da'vo qilmoqda.

Manba: bbc.com