Hujumchi Antuan Grizmann ushbu yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin.

Xabar qilinishicha, «Chelsi» frantsiyalik futbolchini sotib olishga qiziqmoqda. London klubi hujum pozitsiyasini kuchaytirmoqchi. Agar, «ko'k-anorranglilar» «Borussiya Dortmund» klubi futbolchisi Erling Holand yoki «Inter» hujumchisi Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolay olmasa, «Chelsi» Grizmanni ijaraga olishga harakat qilib ko'radi.