"Kristal Pelas" futbolchisi Shotlandiya chempionatiga yo'l oladi. Xabarlarga ko'ra, "burgutlar"  darvozaboni Jek Batlend yozda ko'chishni amalga oshiradi.

30 yoshli futbolchi joriy mavsumni "MYu"da ijara asosida o'tkazmoqda va hali maydonga tushirilmagan. U o'z maoshini kamaytirishga rozi bo'lgani sababli "Reynjers" tarkibiga o'tadi. Ikki tomon kelishib olgani aytilmoqda.

Manba: bbc.com