Luis Gilerme Braziliyalikning "Palmeyras" klubidan Londonning "Vest Xem" jamoasiga o'tdi.

18 yoshli vinger "bolg'achilar" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

"Vest Xem" braziliyalik uchun 23 million evro to'lagan, yana 7 millioni esa bonus sifatida. Bundan tashqari, "Palmeyras" futbolchini qayta sotgandan keyin 20 foiz oladi.