“Kruzeyro” himoyachisi Murilo Serkeyra faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.

22 yoshli futbolchi “Lokomotiv” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Yangi jamoasida u 27-raqam ostida o'ynaydi.

“Temiryo'lchilar” Muriloni 2,5 mln evro evaziga sotib olishdi.