"Liverpul" yoz oxiriga qadar Madriddan futbolchi xarid qilishi mumkin

"Liverpul" yarim himoyani mustahkamlash yo'lini izlamoqda. Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar "Atletiko" futbolchisi Markos Lorenteni sotib olishi mumkin.
Yurgen Klopp undan safdan chiqqan Nabi Keytaning o'rnini to'ldirishda foydalanadi. "Liverpul" "MYu"ga qarshi bahsda Xarvi Elliotdan markaziy yarim himoyada foydalangan.
Jeyms Milner esa 36 yoshda. Alkantara safdan chiqqan. Shunday ekan, jamoaga tajribali yarim himoyachi zarur.
Manba: caughtoffside.com