"Liverpul" yarim himoyadagi muammolarini jahon chempioni bilan hal qilmoqchi

"Liverpul" yozda "Brayton" futbolchisi Aleks Makallisterni xarid qilishga harakat qilib ko'radi. Bu haqida BBC muxbiri Garet Kryuks ma'lum qildi.
Makallister Jahon chempionatidan g'olib holda qaytgan edi. U hozirga qadar "chag'alaylar" yarim himoyasida ishonchli harakat qilib kelmoqda. U uchun 50 million funt atrofida narx belgilanishi aytilgan.
Manba: caughtoffside.com