"Liverpul" va "Arsenal" 60 millionlik futbolchiga ko'z tikkan

"Liverpul" Londondan yarim himoyachi sotib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Fulxem" yulduzi Joau Palinya mersisaydliklar radariga tushgan. Portugliya terma jamoasi a'zosi yozda "Bavariya"dan ham qiziqishlarga sabab bo'lgan edi.
Ayni damda u 60 million funtga baholanmoqda. Unga "Arsenal" ham qiziqish bildirgan. Hozirda "Liverpul" 17 ta turda 38 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda turibdi.
Manba: caughtoffside.com