"Liverpul" o'z hujumchisiga yangi bitim taklif etmoqchi. Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar o'z futbolchisi Diego Jota bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Jota 2020 yilda "Vulverxempton Uonderers"dan 40 million funt evaziga xarid qilingan edi.

U hozirga qadar "Liverpul" safida jami 85 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lib, 34 ta gol hamda 9 ta assistga mualliflik qilgan.

Manba: caughtoffside.com