"Liverpul" sobiq futbolchisiga "Lester" va "Sevilya" qiziqish bildirmoqda

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "Lester" va "Sevilya" "Shalke" himoyachisi Ozan Kabakga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, klublar 21 yoshli turkiyalikni yozgi transfer oynasi uchun sotib olmoqchi.
2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Kabak "Liverpul"da ijarada o'ynagan. Futbolchi mersisaydliklar tarkibida 13 ta o'yin o'tkazgan.
Transfermarket portali futbolchining qiymatini 25 million evroga baholamoqda.