Hujumchi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida "Liverpul"ni tark etib, "PSJ"ga o'tmaydi. 30 yoshli misrlik Liga 1 gigantining qiziqishlari doirasida edi, ammo Parijliklar bu variantdan voz kechishdi.

Gap shundaki, "Liverpul" Salohni qo'yib yuborishi dargumon, u "mersisaydliklar"ning uzoq muddatli rejalariga kiritilgan. Bu haqda Sportskeeda xabar bermoqda.

Avvalroq, agar jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Muhammad Saloh "Liverpul"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Muhammad Saloh 2022/2023 yilgi mavsumda "Liverpul" safida 35 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda hujumchi 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani hamkorlariga taqdim etdi.

Transfermarkt portali Muhammad Salohni 80 million evroga baholamoqda.