"Liverpul" potugaliyalik futbolchini sotib olmoqchi

L'Equipe nashri xabariga ko'ra, ushbu yozda "Lill" o'z yarim himoyachisi Renatu Sancheshni sotishga tayyor. "Bavariya"ning sobiq futbolchisi so'nggi mavsumlarda faoliyatini qayta tikladi va o'tgan yili "Lill"ga "PSJ" dan Liga 1 sovrinini tortib olishga yordam berdi.
Sanchesning ajoyib o'yini Evro-2020da ham davom etdi va 23 yoshli portugaliyalikni "Liverpul" sotib olishga harakat qilib ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda futbolchi Liga 1-ning 23 uchrashuvida 1 ta gol va 3 ta golli pas berishga erishgan.