"Liverpul" Osimxenning agenti bilan muzokara olib bormoqda

"Liverpul" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenning transferi ustida ish boshladi. Bu haqda Italiya OAVlari xabar bermoqda.
"Liverpul" vakillari A Seriya to'purari agenti bilan bog'lanishgan.Tomonlar potentsial kelishuvni muhokama qilishmoqda.
E'tiborli tomoni, "Liverpul" uchun Osimxenning transferini tartibga solish juda qiyin bo'ladi. "Adzurrilar" o'z futbolchisi uchun 150 million evro tovon puli so'ramoqda.