"Liverpul" o'z sardori Jordan Xendersonni Saudiyaning "Al-Ittifoq" klubiga qanchaga sotgani ma'lum bo'ldi.

Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "mersisaydliklar" shartnomasi tugashiga ikki yil qolgan 33 yoshli yarim himoyachi uchun 15 million evro oladi. Oldinroq Xenderson saudiyaliklar bilan 3 yil muddatga shartnoma imzolagandi.

2022/23 yilgi mavsumda Xenderson "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.