"Liverpul"ning ingliz himoyachisi borasida niyati jiddiy

"Liverpul" o'z niyatidan qaytgani yo'q. Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" himoyachisi Levi Kolvill hali ham mersisaydliklar radariga turibdi.
21 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Brayton" safida ijara asosida harakat qildi. Shundan so'ng, himoyachiga qiziqishlar paydo bo'ldi. Xususan, "chag'alaylar"ning o'zi uch marta Kolvillga doimiy shartnoma taklif etdi.
Ammo "Chelsi" buni rad etdi. Kolvill ayni damda Evropa chempionati finaliga Angliya yoshlari bilan yo'l oldi. U "Chelsi"ga qaytgach, yangi murabbiy bilan kelajagini muhokama qilib oladi.
Manba: bbc.com