«Liverpul» himoyachisi Konstantinos Tsimikas faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Corriere della Sport" nashri.

«Inter» 25 yoshli futbolchiga da'vogarlik qilmoqda. Futbolchining transfer narxi 8 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Tsimikasga "Napoli" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalayotgan edi.