"Liverpul" yarim himoyachisi Nabi Keyta kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, "qizillar" va afrikalik futbolchi yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Nabi Keytga ko'plab klublar qiziqayotgani aytilmoqda, ammo u "Galatasaroy"ga o'tish niyatida emas va Bundesligaga qaytish mumkin.

Yarim himoyachi joriy mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.