"Liverpul" hujumchisi Divok Origi faoliyatini Angliya Premer - ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli belgiyalikka "Vest Xem" qiziqmoqda. "Liverpul" futbolchini 17-24 million evroga sotishga tayyor.

Origi o'tgan mavsumda 17 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarket portali futbolchining qiymatini 12 million evroga baholamoqda.