"Liverpul" yarim himoyachisi, 29 yoshli Aleks Oksleyd-Chemberlen "Liverpul"ni tark etishga yaqin turibdi.

Todofichajes nashrining xabariga ko'ra, "mersisaydliklar" rahbariyati futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Futbolchi kelasi yozda "qizillar"ni erkin agent sifatida tark etadi.

Aleks Premer-ligada qolishi mumkin, chunki unga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. Yarim himoyachi xizmatiga "Aston Villa", "Nyukasl" va "Brayton" klublari qiziqish bildirmoqda.

Oksleyd-Chemberlen joriy mavsumda Premer-ligada 9ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.