"Liverpul" futbolchisi jamoadan ketishga ishora qildi

"Liverpul" futbolchisi jamoani tark etishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, jamoa yarim himoyachisi Fabiu Karvalyu bir mavsumdan keyin mersisaydliklar safidan ketishi kutilmoqda.
20 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda bunga ishora qilgan. U o'tgan yozda "Fulxem"dan 7.7 million funtga xarid qilingan edi. Bir mavsum davomida portugaliyalik futbolchi 21 ta o'yinda maydonga tushgan.
Manba: caughtoffside.com