"Liverpul" futbolchisi hali ham kuzatuvda

"Liverpul" muhim futbolchisini yo'qotishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Muhammad Saloh hali ham arab klublari radarida turibdi. Saudiya jamoalari misrlikni jiddiy kuzatmoqda.
Salohning mersisaydliklar bilan tuzgan bitimi 2025 yilda tugaydi. U bu mavsumda 9 ta gol urishga erishdi. Avvalroq "Manchester Siti" sardori Kevin De Bryuynening Saudiyaga ketishi haqida xabar qilingan edi.
Manba: caughtoffside.com