"Liverpul" futbolchisi "Borussiya"ga o'tishi mumkin

"Liverpul" yarim himoyachisi Nabi Keyta Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o'tishi mumkin.
Bild nashrining xabariga ko'ra, futbolchi ingliz klubi bilan yangi shartnomani muhokama qilmoqda, biroq uning amaldagi shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun Keyta boshqa jamoalar bilan muzokara boshlashi mumkin bo'ladi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsumda Angliya Superkubogida bitta o'yinda maydonga tushdi va u 5 daqiqani maydonda o'tkazdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Nabi Keytaning narxi 25 million evroni tashkil qiladi.
“Liverpul” 6 o'yindan so'ng 9 ochko bilan APL turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.