«Liverpul» klubi murabbiylar shtabi «Lids»ning universal futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.

17 yoshli Archi Grey birdaniga 3 ta pozitsiyada o'ynay oladi — markaziy yarim himoya, tayanch zonasi va o'ng qanot himoyasida.

«Liverpul» yozda ushbu futbolchi uchun 40 million funt sarflashga tayyor.

Greyga «Kristal Pelas» va «Everton» klublari ham da'vogarlik qilishmoqda.

Manba: bombardir.ru