"Liverpul" hujumchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, Yurgen Klopp jamoasi "Vilyarreal" futbolchisi Samyuel Chukvueze uchun jiddiy da'vo qilmoqda.

20 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda La-liga giganti safida porlagan edi. U 11 ta golda bevosita ishtirok etgan. Ayni damda futbolchi 25 million evroga baholanmoqda. Yaxshi taklif uchun "Vilyarreal" uni sotishga qarshi bo'lmaydi.

Manba: caughtoffside.com