"Liverpul" bu futbolchi uchun 40 million evro sarflashi kerak

"Liverpul" yozda Ispaniyadan futbolchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Selta"ning iqtidorli o'smir futbolchisi Gabri Veygaga mersisaydliklar jiddiy qiziqish bildirmoqda.
20 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda La-ligada porlamoqda. Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, APLning boshqa jamoalaridan ham ispan futbolchisiga qiziqishlar mavjud.
Ammo Veyga da'vogarlariga oson bo'lmaydi. Negaki, "Selta" o'z futbolchisiga 40 million evro narx belgilagan.
Manba: caughtoffside.com