"Liverpul" 40 million funt evaziga yarim himoyachi xarid qiladi

"Liverpul" qishda Chempionshipdan futbolchi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Lids Yunayted"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Archi Grey mersisaydliklar radariga tushgan. Grey yosh bo'lishiga qaramay, maydon markazi yoki qanotlarda o'ynash qobiliyatiga ega.
"Liverpul" u uchun 40 million funt to'lashiga to'g'ri kelishi mumkin. Grey 16 yoshida ilk bor "Arsenal"ga qarshi bahsda maydonga tushirilgandi.
Manba: bbc.com