"Lion" yana bir rossiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Daniil Fomin faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
"Lion" "Dinamo" yarim himoyachisiga jiddiy da'vo qilmoqda. Frantsiya klubi 26 yoshli rossiyalik futbolchi uchun 8 million evro va bonuslar taklif qilgan. Tomonlar muzokara olib bormoqda.
Oldinroq Frantsiya top-klubi RPLdan birdaniga ikki nafar rossiyalik futbolchini olib ketishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Fomin o'tgan mavsumda 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning transfer narxi 8 million evroga baholanmoqda.