«Lill» klubi Turkiya terma jamoasi hujumchisi Burak Yilmaz bilan shartnoma imzoladi.

35 yoshli futbolchi frantsiyaliklar bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Transfermarkt tarqatgan xabarga ko'ra, «Lill» safiga bepul o'tdi. Burak uchun «Beshiktosh» pul olmadi.

2019/20 yilgi mavsumda Yilmaz «Beshiktosh» safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 7ta golga uzatma berdi.