"Lids Yunayted" unga yana bir imkon beradi

"Lids Yunayted" himoyachi olib kelmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "Norvich Siti" futbolchisi Sem Bayrem yorkshir klubiga qaytadi. Sem 2016 yilda "Lids" safini tark etgan edi.
Shundan beri u "Vest Xem", "Nottingem" va "Norvich" safida harakat qildi. 29 yoshli himoyachini "Lids" sinov muddati bilan ishga oladi. Futbolchi Chempionshipda katta tajribaga ega.
Manba: caughtoffside.com