"Lids Yunayted" hujumchisiga italyan klubi qiziqib qolgan

"Lids Yunayted" futbolchisi Italiyaga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Lechche" klubi yorkshirliklar hujumchisi Jo Gelxardt xaridiga qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda akademiya tarkibida porlagan edi. Uning sotuvidan "Lids" 5 million evro foyda ko'rishi mumkin. Hujumchining o'zi jamoada qolishni istaydi. Ammo uning taqdiri ko'proq rahbariyatga bog'liq.
Manba: caughtoffside.com