"Lids Yunayted" futbolchisini arzon narxga qo'yib yuborishga majbur

"Lids Yunayted" bu futbolchini arzon narxga qo'lga kiritishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, jamoa hujumchisi Rodrigo Moreno shartnomasida maxsus band mavjud. Unga ko'ra, futbolchi klubni APLdan tushib ketgan taqdirda atigi 3 million funt evaziga tark eta oladi.
Qizig'i, "Lids" rahbariyati bunga qarshi bo'lmaydi. Negaki, Rodrigo haftasiga 100 ming funt maosh oladi. Shu sabab bu futbolchidan qutilgan ma'qulroq. U uchun "Sevilya" qiziqish bildirgan.
Manba: caughtoffside.com